Toshkent viloyatida bosqinchi “milliy gvardiyachilar” ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida “Milliy gvardiya” harbiy kiyimini kiyib olib bosqinchilik qilgan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

2020 yilning 31 oktyabr kuni soat 22:00 da, 36 yoshli J.P., o‘zining jinoiy sheriklari 36 yoshli A.I. va 51 yoshli B.A.,lar bilan birgalikda bosqinchilik sodir etish maqsadida oldindan jinoiy til biriktiradi. Ular bir guruhga birlashib, qora rangli mato bilan yuzlarini yashirib, egniga “Milliy gvardiya” harbiy kiyimini kiyib, rezina tayoqcha va qo‘l kishani hamda pnevmatik o‘q otar qurol bilan qurollanishadi. 

“Shundan so‘ng, A.I.,ning boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinada Toshkent tumani, “Tutzor” mahallasi, Nurmakor ko‘chasiga kelishadi. Mazkur ko‘cha bo‘ylab Lacetti rusumli avtomashinada uyiga kelayotgan, 47 yoshli U.R.,ni yo‘lini to‘sgan holda to‘xtatishadi. Unga hayot yoki sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, qo‘llarini orqa tarafga qayirgan holda kishanlab, bosqinchilik sodir etishadi. Fuqaro U.R.,ga tegishli Lacetti rusumli avtomashinasining orqa o‘rindig‘iga o‘tkazib, olib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olinishadi”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, ulardan qo‘l kishani, rezina tayoq, pnevmatik o‘q otar qurol, “Milliy gvardiya” xizmat kiyimi va niqoblar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Bundan tashqari, hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida, Matiz rusumli avtomashina salonidan, J.P., A.I. va B.A.,lar tomonidan qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritilgan, “01R376SV” va “10Ye488LA” davlat raqam belgilari mavjudligi aniqlanib, ushbu davlat raqamlari tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqarolar J.P., A.I. va B.A.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 227-modasi 1-qismi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) va 164-moddasi 2-qismi “a,b” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilgan.

“Dastlabki tergov jarayonida, yuqoridagi fuqarolar jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan hamda ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Milliy gvardiya bosqinchilik

Baholaganlar

556

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing