Toshkent viloyatida bir oilaning 4 nafar a’zosi zaharlanishdan vafot etdi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida bir oilaning 4 nafar a’zosi ovqatdan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Joriy yilning 17 fevral kuni Oqqo‘rg‘on tumani, “Birlik” mahallasida yashagan fuqarolar – A.Z., S.X. va M.X.  o‘z xonadonida noma’lum etiologik zaharlanishdan vafot etgan. Bundan tashqari, ushbu oilaning 4 nafar farzandi noma’lum etiologik zaharlanish tashxisi bilan Oqqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan voqea joyiga viloyat mutasaddi xodimlari chiqib o‘rganish olib borgan.

Voqea joyini ko‘zdan kechirish davomida ekspertiza tekshiruvi uchun qovurilgan baliq, ovqat qoldiqlari, pomidor-bodring tuzlamalari, olchadan tayyorlangan sharbat qoldiqlari, xonadonda tayyorlangan xolodets qoldiqlari, suv hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olingan.

Shuningdek, ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan 2004 yilda tug‘ilgan oilaning o‘g‘li Oqqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida soat 16:30da vafot etgan.

Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasida 4 nafar shaxsning o‘limi bo‘yicha tashhisda is gazidan o‘tkir zaharlanish, murda dog‘larining och pushti rangdaligi, ichki a’zolar pushti rangga kirishi, qonning suyuq holati, miya va o‘pka shishi, noma’lum etiologiyali ovqatdan zaharlanish holatlari qayd etilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati zaharlanish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing