Toshkent viloyatida avtobusga urilgan Cobalt yonib ketdi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida ISUZU rusumli avtobus va Cobalt ishtirokida YTH sodir bo‘lishi oqibatida yengil mashina yonib ketgani tasvirlangan video tarqaldi. QALAMPIR.UZ mazkur holat bo‘yicha ma’lumot olish maqsadida Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganov bilan bog‘landi.

Uning ma’lum qilishicha, bugun, 8 noyabr kuni soat 07:20 larda Olmaliq shahri Totuvlik va Ehtirom ko‘chalari kesishgan chorrahada 24 yoshli A.G‘. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt 56 yoshli S.S. boshqaruvidagi ISUZU rusumli avtobus bilan to‘qnashib ketgan. Oqibatda Cobalt'ning motor qismida qisqa tutashuv sodir bo‘lib, salonida yong‘in yuzaga kelgan. 

“Yong‘in qisqa muddat ichida hududiy FVB tomonidan bartaraf etilgan. Hozirda holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB JXX YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda”, deydi Bobur To‘laganov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 noyabr kuni Toshkent shahri Mirobod tumanida Matiz avtomashinasi butunlay yonib ketgan edi. Shahar IIBB axborot xizmati boshlig‘i Nilufar Isoxonovaning QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilishicha, yong‘inga mashina harakati davomida elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in avtobus Cobalt Olmaliq ISUZU yth

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing