Toshkent viloyatida 6 yashar bola kanalda oqib ketdi. Uni topish uchun kanal suvini to‘xtatish so‘ralmoqda

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Toshkent tumanining “Uchsada” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Zaxariq” kanalida 6 yoshli bola cho‘kib ketdi. Ammo haligacha bola topilmagan. Bu haqda QALAMPIR.UZ'ga bolaning yaqinlari ma’lum qildi.

Keltirilishicha, voqea joriy yilning 3 iyun kuni yuz bergan. Viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bolaning jasadini topish uchun Respublika Suv xo‘jaligi vaziridan “Zaxariq” kanali suvini bir kun muddatga to‘liq to‘xtatib turishga ruxsat so‘ragan.

Biroq haligacha kanal suvini to‘xtatib turishga ruxsat berilmayotgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Zaxariq” kanali qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining Keles va Sayrag‘ach, Toshkent viloyatining Qibray hamda Toshkent tumanlarini suv bilan ta’minlab kelmoqda.

 Bosh prokuraturaga ko‘ra, hozirda bolani qidirib topish bo‘yicha barcha zarur tezkor choralar ko‘rilmoqda. Natijasi haqida xabar qilinadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati kanal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing