Toshkent viloyatida 3 gektar yer maydoni alanga ichida qoldi
3-sahifa
−
22 iyun 2023
7886Toshkent viloyati Chinoz tumani hududida joylashgan ochiq maydonda yong‘in yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, kecha, 21 iyun kuni soat 20:43 da Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi fermerlar uyushmalaridan birining hududida taxminan 3 gektar g‘alladan bo‘shagan yer maydoni yongan. Voqea joyiga 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 21:00 da yetib borib, yong‘in soat 21:15 da o‘chirilgan.
“Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin poytaxt Toshkentning Sergeli tumanida joylashgan quruq o‘t-xashakdan iborat ochiq maydonda yong‘in yuz bergan edi.
LiveBarchasi