Toshkentdagi ochiq maydonda yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
19 iyun 2023
8188Poytaxt Toshkentning Sergeli tumanida joylashgan quruq o‘t-xashakdan iborat ochiq maydonda yong‘in yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 18 iyun kuni soat 20:06 da Toshkent shahar Sergeli tumani "Bobur" MFY hududidagi tahminan 300 m kv ochiq maydonda quruq o‘t va xashaklar yongan. Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 20:18 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 20:38 da o‘rab olingan hamda soat 20:42 da bartaraf etilgan.
“Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida qurilishi bitmagan binoning yuqori qavatida yong‘in chiqqan edi.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr