Toshkent viloyatida 19 yoshli “zakladchik” dalil bilan ushlandi (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida giyohvandlik vositalarini ma’lum joylarga yashirib, tarqatib kelgan 19 yoshli yigit qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, kecha, 28 aprel kuni Toshkent viloyati IIBB va uning quyi tizim xodimlari tomonidan giyohvandlik hamda kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop va sintetik dori vositalarining aylanmasiga qarshi kurashish borasida, joylarda kuchaytirilgan nazorat-reyd tadbirlari o‘tkazilgan. Tezkor qidiruvda viloyat hududida giyohvandlik vositalarini ma’lum joylarga yashirib ketish orqali, tarqatib kelgan (zakladchik) 19 yoshli fuqaro A.O. (kollej talabasi) daliliy ashyo bilan ushlangan.

Ushbu shaxs tomonidan joylarga yashirilgan jami 25 dona kichik o‘ramlarda qadoqlangan “mefedron” sintetik giyohvandlik vositalari xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olingan.

Hozirda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qo‘shimcha surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati giyohvandlik zakladchik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing