Toshkent viloyatida 18 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi shoshilinch shifoxonaga yotqizildi
3-sahifa
−
14 Sentabr 2023
7675Toshkent viloyati Angren shahridagi 3 ta Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining jami 18 nafar tarbiyalanuvchisi diareya bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 13-14 sentyabr kunlari Toshkent viloyati Angren shahridagi 1-sonli DMTTdan 3 nafar, 10-sonli DMTTdan 14 nafar hamda 37-sonli DMTTdan bir nafar tarbiyalanuvchi birlamchi ich buzilishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
“Hozirda barcha tarbyalanuvchilar shifokorlar nazoratida ekanligini ma’lum qilamiz. Ushbu holat O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olingan”, deyiladi xabarda.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi hududiy bo‘limi tomonidan yakuniy ekspertiza xulosasi chiqmaguniga qadar turli ma’lumotlar berilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi ma’lumotlarni faqat faktlar asosida tarqatilishini tavsiya qilmoqda.
Shuningdek, mas’ullar yakuniy ekspertiza xulosasi taqdim etilganidan so‘ng, o‘rnatilgan tartibda qo‘shimcha ma’lumot berilishini ta’kidlagan.
LiveBarchasi