Toshkent viloyatida 16 yoshli qiz o‘zi o‘g‘irlangan Spark'da YTHga uchradi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida 16 yoshli qiz o‘g‘irlangan Spark'da YTHga uchradi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 15 iyul kuni soat taxminan 23:30 larda B.O. ismli fuqro Spark rusumli avtomashinasini Chirchiq shahrida yashaydigan tanishining uyi oldida qoldirgan. Ertasi kuni soat 05:00 larda chiqib qaraganda esa mazkur mashina joyida bo‘lmagan. 

Ichki ishlar organi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-tergov ishlari natijasida mazkur jinoyatni Yuqorichirchiq tumanida yashovchi 16 yoshli voyaga yetmagan M.D. (qiz) amalga oshirgani va ushbu avtomashinada Chirchiq shahar “Oktyabr” qo‘rg‘oni tomondan harakatlanib ketayotgan vaqtida svetoforda to‘xtab turgan 44 yoshli T.M.ning boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli mashinaning orqa tomonidan urib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan M.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 267-moddasi (transport vositasini olib qochish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Shuningdek, gumondor so‘roq qilinganida u shunchaki do‘konga borib kelmoqchi bo‘lganini ma’lum qilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining tegishli normalariga ko‘ra, shu kabi jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent viloyati Chirchiq o'g'irlangan Spark

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing