Toshkent viloyatida 16 gektar yerni $1,4 mlnga pullayotgan shaxslar ushlandi
3-sahifa
−
14 Oktabr 2022
9969Toshkent viloyatida 1,4 mln AQSH dollari evaziga 16 gektar yer olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi.
DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat prokuraturasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi hamkorlikda Ohangaron shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrida yashovchi, 1955, 1976 va 1979 yillarda tug‘ilgan 3 nafar shaxs firibgarlik yo‘li bilan mahalliy tadbirkorning 300 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Aniqlanishicha, ular tadbirkorning ishonchiga kirib, Ohangaron tumanida joylashgan “Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududidan 16 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali, u rahbarlik qilayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyat nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1 million 400 ming AQSH dollari talab qilishgan va 300 ming dollarni oldindan berishi kerakligini aytishgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 28-, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi