Toshkent viloyatida 14 yoshli  qiz quduqqa tushib ketdi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Zangiota tumanida 14 yoshli qiz ehtiyotsizlik oqibatida chuqurligi 9 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, bugun, 20 iyun kuni soat 07:15 da tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga mazkur holat yuzasidan shoshilinch xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, zudlik bilan FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, maxsus qutqaruv anjomlari yordamida qizni quduq ichidan olib chiqqan va tez-tibbiy yordam xodimlariga topshirgan.

Shuningdek, qiz turli darajadagi tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan. Qizning umumiy ahvoli yaxshi va doimiy shifokorlar nazoratida ekani ma’lum qilingan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

quduq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing