Toshkent viloyatida 10 yoshli bolani poyezd urib ketdi
3-sahifa
−
22 Iyun 2024 7040 1 daqiqa
Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi temiryo‘l hududida 10 yoshli bolani poyezd urib yubordi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 20 iyun kuni soat 09:30 larda sodir bo‘lgan. Unga ko‘ra, 2014 yilda tug‘ilgan S.A. temiryo‘lni belgilanmagan joyidan velosipedda kesib o‘tayotgan vaqtida Bekobod-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan elektropoyezd urib yuborgan. Oqibatda S.A. tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
“Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida 8 yoshli qizaloqni poyezd urib yuborgandi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr