Andijonda 8 yoshli qizaloqni poyezd urib ketdi
3-sahifa
−
05 may
7650Andijon viloyatida 8 yoshli qizaloqni poyezd urib yubordi. Bu haqda “Bu kun” informatsion dasturida xabar berildi.
Qayd etilishicha, ushbu baxtsiz hodisa 28 aprel kuni soat taxminan 16:30 larda Andijon tumanining “Do‘ngqishloq” mahallasi hududidan o‘tuvchi Xonobod–Andijon temiryo‘lida sodir bo‘lgan. Poyezd harakatlanayotgan vaqtida nazoratsiz qoldirilgan 2016 yilda tug‘ilgan qizaloqni urib ketgan.
Hodisa sabab qiz bosh qismidan jarohat olib, hushsiz holatda shifoxonaga yetkazilgan. Jarrohlik amaliyoti ko‘rsatilishiga qaramay, uning ahvoli o‘ta og‘ir ekani aytilmoqda.
LiveBarchasi