Toshkent viloyatida 1 mlrd so‘mlik “tabletka” saqlagan shaxs ushlandi (video)

3-sahifa

image
Sharmanda! Toshkentda prokurorning katta yordamchisi “tabletka” bilan ushlandi  north_east

Sharmanda! Toshkentda prokurorning katta yordamchisi “tabletka” bilan ushlandi 

Toshkent viloyati IIBB va DXX viloyat boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan “Xavfsiz hudud” tezkor tadbirida 1 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi psixofaol dori vositalarini saqlagan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, tadbir davomida 1988 yilda tug‘ilgan shaxsning yashash xonadonida juda ko‘p miqdorda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini internet orqali, kontaktsiz manzil usulida, ya’ni “zakladka” ko‘rinishida sotish maqsadida saqlab kelgani aniqlangan. Xonadon ko‘zdan kechirilganda og‘irligi 1 kg tayyor hamda 6 kg xomashyo ko‘rinishidagi kimyoviy vosita hamda dorilarni qadoqlash uchun 100 ming dona bo‘sh kapsula daliliy ashyo sifatida olingan.

Surishtiruv davomida ushbu shaxs giyohvand moddalar bilan shug‘ullanuvchi guruhning qadoqlovchi omborchisi sifatida faoliyat yuritgan va u kurerlarga katta miqdordagi dori vositalarini yetkazib berish bilan shug‘ullangan. Buning uchun har 1000 dona kapsula uchun 1 ming AQSH dollari miqdoridagi pullarni elektron tarzda olishi aniqlangan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida qora bozordagi qiymati 1 mlrd so‘m bo‘lgan 35 ming donada sotilishi rejalashtirilgan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari muomaladan chiqarilgan.

Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 2551-modda (Bakteriologik, kimyoviy va boshqa xil yalpi qirg‘in qurollari turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, to‘plash, olish, birovga o‘tkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egallash va ular bilan boshqa harakatlarni sodir etish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida narkolaboratoriya tashkil qilgan ikki shaxs ushlangan edi. Umumiy hisobda tezkor tadbirlar natijasida taxminan 813 716 AQSH dollarlik giyohvandlik va kuchli ta’sir qiluvchi dorilar tarqalishiga chek qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati kuchli ta'sir qiluvchi dori “tabletka”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing