Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

Sharmanda! Toshkentda prokurorning katta yordamchisi “tabletka” bilan ushlandi 

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Zangiota tumanida Sirdaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi 50 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan va avtomashina salonida 50 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. 

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, unga mazkur dori vositalarini sotgan Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida istiqomat qiluvchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro Toshkent shahrida qo‘lga olingan va undan ham 300 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Bildirilishicha, ushbu kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari Qirg‘iz Respublikasidan noqonuniy yo‘llar bilan olib kelingan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq DXX hamda IIV tuzilmalari tomonidan O‘zbekiston miqyosida 653 ta “Qoradori” keng ko‘lamli tadbirlari o‘tkazilib, 228 kishi jinoiy, 64 kishi ma’muriy javobgarlikka tortilgan edi. Ushbu tadbirlar davomida jami 112 kg 257 gr giyohvandlik vositalari (geroin, opiy, gashish, sintetik turdagi giyohvandlik vositalari) hamda 8601 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining aholi orasida tarqatilishi to‘xtatib qolingan. Qolaversa, giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi davomida to‘xtatib qolingan 287 ming 460 AQSH dollari va 569 mln so‘m miqdoridagi pullar daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent DXX prokuror Sirdaryo kuchli ta'sir qiluvchi dori tabletka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing