Toshkent viloyatidagi “qizil“, “sariq“ va “yashil“ hududlarning yangi ro‘yxati e’lon qilindi
Jamiyat
−
27 may 2020
24166Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlardagi epidemiologik sharoitni qayta tahlil qilish ko‘rsatmasini bergan edi. Shunga ko‘ra, Toshkent viloyati hokimligi tuman va shaharlar toifasining yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi.
2020 yil 26 may holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda toifalashtirilgan tuman (shahar)lar ro‘yxati:
“QIZIL” hududlar – Bekobod, Yangiyo‘l, Nurafshon shaharlari, Qibray, Oqqo‘rg‘on, Zangiota, Parkent, Toshkent, Yuqorichirchiq, Yangiyo‘l tumanlari.
“SARIQ” hududlar – Angren, Chirchiq shaharlari, Bekobod, Quyi Chirchiq, Chinoz, O‘rta Chirchiq tumanlari.
“YASHIL” hududlar – Olmaliq, Ohangaron shaharlari, Ohangaron, Bo‘ka, Bo‘stonliq, Piskent tumanlari.
“Qizil”, “sariq” va “yashil” ranglari nimani anglatishi, ushbu hududlarga qanday erkinliklar berilish haqida quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 8 mayidan O‘zbekistonda tuman va shaharlar epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratildi.
LiveBarchasi