Toshkent viloyati biryo‘la 4 ta yirik shaharidan “ajraldi”
Jamiyat
−
06 iyun 2019
16359Xabaringiz bor, joriy yilning 4 iyun kuni Nurafshon shahrida xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.
Sessiya ishida Bosh vazir Abdulla Aripov, Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov ishtirok etdi.
Unda ma’lum qilindiki, davlat rahbari imzolagan farmonga muvofiq, viloyatdagi 4 ta yirik shahar Angren, Olmaliq, Bekobod va Chirchiq shaharlari to‘g‘ridan to‘g‘ri respublika bo‘ysinuviga o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun, sessiyada dastlab tashkiliy masala ko‘rilgan va G‘ulomjon Ibragimov salomatligi tufayli boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan edi.
Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Rustam Xolmatov esa viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.
LiveBarchasi