Toshkent viloyati biryo‘la 4 ta yirik shaharidan “ajraldi”

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 4 iyun kuni Nurafshon shahrida xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan  tashqari  sessiyasi o‘tkazildi.

Sessiya ishida Bosh vazir Abdulla Aripov, Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov ishtirok etdi.
 
Unda ma’lum qilindiki, davlat  rahbari imzolagan farmonga muvofiq, viloyatdagi 4 ta yirik shahar Angren, Olmaliq, Bekobod va Chirchiq shaharlari to‘g‘ridan to‘g‘ri respublika bo‘ysinuviga o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun, sessiyada dastlab tashkiliy masala ko‘rilgan va G‘ulomjon Ibragimov salomatligi tufayli boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan edi. 

Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari  Rustam Xolmatov esa viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati

Baholaganlar

276

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing