Toshkent va Olma-ota o‘rtasida muntazam poyezd qatnovi tiklanadi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 2 may kunidan Toshkent va Olma-ota (Qozog‘iston) o‘rtasida muntazam poyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ma’lum qildi.

"Olma-ota — Toshkent — Olma-ota yo‘nalishida 1/2-sonli poyezd qatnovi haftada uch marta amalga oshiriladi. Ushbu poyezd “Toshkent-Markaziy” vokzalidan haftaning seshanba, payshanba va yakshanba kunlari jadval asosida Qozog‘istonga jo‘nab ketadi. O‘zbekiston tomonga esa “Olma-ota-2” temir yo‘l vokzalidan har dushanba, chorshanba va shanba kunlari qatnaydi.

Avvalroq, joriy yilning 1 aprelidan boshlab O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida muntazam poyezd qatnovlari tiklanishi haqida xabar bergandik. Kelasi oy boshidan Nukus – Beyneu – Nukus yo‘nalishida qatnovlar boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat barqarorlashgani sababli Qozog‘iston va Tojikiston bilan chegaralari ochilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

154

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing