Toshkent va Navoiyda aholi orasida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
13 iyul 2020
9307Bugun, 13 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 167 nafarga oshib, 13360 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 83 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 75 nafari Toshkent shahrida va 9 nafari esa Navoyi viloyatida barchasi aholi orasida aniqlangan.
Ayni paytga qadar O‘zbekistonda 7852 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar ( 58 foiz) sog‘aydi.
Hozirda mamlakatda 5446 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 62 nafar bemor vafot etgan.
LiveBarchasi