Toshkent va Namanganda 127 kishi sog‘aydi

Jamiyat

image

Bugun, 3 iyul kuni Toshkent shahri va Namangan viloyatida jami 127 nafar bemor sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. 

Shu soatlarda poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 17 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 4 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida 101 nafar, Namanganda 5 nafar, jami 127 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga  kuzatildi.

Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3747 nafar bemor sog‘aydi. 

Namangan viloyatida esa COVID-19 dan tuzalganlar soni 286 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 6161 nafarni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

133

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing