Toshkent va Qashqadaryoda 100 ga yaqin bemor koronavirusdan sog‘ayib chiqdi
Jamiyat
−
28 iyun 2020
9326Bugun, 28 iyun kuni Toshkent shahridagi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 62 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida 14 nafar, jami 81 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.
Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida “COVID-19”dan sog‘ayganlar soni 3119 nafarga yetdi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Qashqadaryo viloyatida esa karonavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lganlar soni 56 nafarni tashkil qilmoqda.
Hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 5329 nafarni tashkil etmoqda. Endilikda shifokorlarimiz yurtimizning turli hududlarida 2463 nafar bemorni belgilangan standartlar asosida davolamoqdalar.
LiveBarchasi