Toshkent tumanida qaynona kelinini pichoqlab o‘ldirdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda qaynona kelinini o‘ldirgani haqida xabarlar tarqalgandi. Bosh prokuratura Matbuot xizmati holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 5 may kuni soat tahminan 10:00 larda Toshkent tumani, Chinor 7-tor ko‘chasida yashovchi 1955 yilda tug‘ilgan 1985 yilda tug‘ilgan ayol kelini (3 nafar farzandi bor) bilan o‘zaro oilaviy kelishmovchilik sababli janjallashgan. 

Janjal davomida ayol oshxona pichog‘i bilan kelinining chap ko‘krak qismiga bir marotaba zarba bergan.

Olgan tan jarohati tufayli jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy muolajalarga qaramasdan 9 may kuni kelin shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayblanuvchi ayolga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda Toshkent tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

pichoqlab o'ldirdi

Baholaganlar

693

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing