Toshkentda erkak ayolini pichoqlab o‘ldirdi
3-sahifa
−
15 iyul
11311Toshkentda erkak ayolini rashk sabab pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 10 iyul kuni soat taxminan 22:00 larda 1977 yilda tug‘ilgan S.E. Yangihayot tumani “Chortoq” MFYda joylashgan xususiy korxonaga qarashli novvoyxonada shar’iy nikohidagi turmush o‘rtog‘i D.M. bilan janjallashib qolgan. U ayolni qasddan o‘ldirish maqsadida badanining turli qismlariga sovuq qurol bilan bir necha marotaba urib, hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan. D.M. olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.
“Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 97- moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi ma’lumotnomada.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda yigit ayolining sobiq erini 24 marta pichoqlab o‘ldirgandi.
LiveBarchasi