Toshkent teleminorasiga endi pasportsiz kirish mumkin
Jamiyat
−
13 noyabr 2019
26641Avvalroq, poytaxt Toshkentda joylashgan teleminoraga pasportsiz kirish rejimi joriy qilinishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.
Joriy yilning 16 noyabridan boshlab teleminoraga tashrif buyuruvchilardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat so‘rash tartibi bekor qilinadi. Endilikda tashrif buyuruvchilardan teleminoraga kirishlari uchun hech qanday shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab etilmaydi.
Toshkent teleminorasi respublikamizning noyob arxitektura inshooti bo‘lib, bugungi kunda Markaziy Osiyoda yagona va eng baland inshoot hisoblanadi. Shuningdek, Toshkent teleminorasi Butunjaxon buyuk minoralar federatsiyasi azosi hamdir. Minora balandligi bo‘yicha Butunjaxon buyuk minoralar federatsiyasi tarkibiga kiritilgan jahonning 50 dan ortiq minoralari orasida
14 o‘rinni egallaydi.
Balandligi 375 metr bo‘lgan Toshkent teleminorasida sayyoxlar uchun tomosha maydonchasiga ekskursiya uyushtirish va “Koinot” restorani xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, teleminoraga ekskursiya uchun yurtimiz va xorijdan ko‘plab sayyohlar tashrif buyurishadi.
Bugungi kunga qadar Toshkent teleminorasining tomosha maydonchasi va restoraniga kirish uchun tashrif buyuruvchilardan shaxsni tasdiqlovchi xujjat talab etilar edi. Bu esa o‘z navbatida, tashrif buyuruvchilarning yonida zarur hujjatlari mavjud bo‘lmagan holatlarda ularga noqulayliklar tug‘dirar edi.
Ma’lumot uchun, Toshkent teleminorasiga tashrif buyuruvchilar uchun minoraning 100 metr balandligida “Tomosha maydonchasi” va 105 metr balandligida “Koinot” restoranining “Moviy” zali faoliyat yuritmoqda. Toshkent teleminorasiga sayohat uyushtirmoqchi bo‘lgan mahalliy va xorijiy turistlar har kuni soat 10:00 dan 20:00 ga qadar teleminoraga tashrif buyurishlari va hordiq chiqarishlari mumkin.
LiveBarchasi