Toshkent teleminorasiga pasportsiz kirish tartibi joriy qilinadi

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkentda joylashgan teleminoraga pasportsiz kirish rejimi joriy qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi ma’lum qildi. 

Toshkent teleminorasi balandligi bo‘yicha jahonning 200 dan ortiq minoralari orasida 11-o‘rinni egallaydi. Teleko‘rsatuvlar ko‘lamining kengayishi munosabati bilan kuchli radio-televizion uzatish stansiyasi qurilishiga ehtiyoj paydo bo‘lganligi sababli Bo‘zsuv kanalining o‘ng sohilida 1978–85 yillarda mazkur inshoot bunyod etilgan. Toshkent teleminorasi 3 ta konussimon tirgakka o‘rnatilgan. Undan Butunjahon buyuk minoralar federatsiyasiga bag‘ishlangan muzey, “Koinot” restoranining “Alvon” va “Moviy” zallari, kuzatuv maydonchalari o‘rin olgan. 

Ma’lumki, Toshkent teleminorasi strategik ahamiyatga ega ob’ekt hisoblanadi. Shu bois bu yerga shaxsni tasdiqlovchi hujjat orqali kiritiladi. Boshqa hollarda esa teleminora go‘zalligini faqat tashqaridan kuzatish mumkin.

Toshkent teleminorasi ma’muriyatining ma’lum qilishicha, tez orada ushbu maskanga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kirish tartibi bekor qilinishi rejalashtirilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent teleminorasi

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing