Toshkent sudlarida qancha kishi oqlangani aytildi

Jamiyat

image

Toshkent shahar jinoyat sudlarida 2017 yildan beri 882 nafar shaxs oqlangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2017 yildan 2023 yilning birinchi yarmigacha poytaxt tumanlari sudlari tomonidan jami 4 ming 552 jinoyat ishi, boshqa turdagi 7 ming 81 ish ko‘rib chiqilgan. 

Toshkent shahar sudlari tomonidan 5 ming 522 nafar shaxsga nisbatan 4 ming 553 jinoyat ishi ko‘rilgan. 2 ming 434 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan, 744 nafar shaxs sud zalida qamoqdan ozod qilingan. 

109 nafar shaxsga tayinlangan jazolar yengilrog‘iga almashtirilgan. 1,1 mingdan ziyod holatda tergov organi tomonidan asossiz qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarilgan.

Jinoyat oqibatida yetkazilgan 225,1 milliard so‘mdan ortiq moddiy zararning o‘rnini qoplagan 691 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan.

Toshkent shahar sudlarining birinchi bosqichida 43 nafar shaxsga nisbatan 17 jinoyat ishi bo‘yicha oqlov hukmi (ajrimi) chiqarilgan. 

Barcha instansiyalarda jami 81 nafar shaxs oqlangan.

Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati va Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga 42 mingga yaqin da’vo ariza kelib tushgan. Ko‘rib chiqilgan ishlarning 32 ming 525 tasi bo‘yicha da’vo talabi qanoatlantirilgan. 

Xususiy tadbirkorlar, kichik biznes sub’ektlari va fermer xo‘jaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid 7 mingga yaqin ish ko‘rilib, ular foydasiga 986,6 milliard so‘m undirish haqida qarorlar qabul qilingan.

Toshkent shahar sudining apellyatsiya instansiyasi tomonidan 1,1 mingdan ortiq ish ko‘rib chiqilgan. Ishlarni ko‘rish jarayonida aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan aybdor shaxslarga nisbatan 69 ta’sir chorasi qo‘llanilgan. 

Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan qariyb 70 ming ish hal qilingan. Apellyatsiya instansiyasida ko‘rilgan 1,5 mingdan ziyod ishning 1 ming 161 tasi yuzasidan sud hujjatlari o‘zgarishsiz qoldirilib, 301 tasi bekor qilingan, 77 tasi esa o‘zgartirilgan.

Sudlar tomonidan nikohdan ajratish haqida jami 4 ming fuqarolik ishlari ko‘rilgan bo‘lib, ularning 45,9 foizi qanoatlantirilgan, 43,1 foizi bo‘yicha da’vo arizalarini qanoatlantirish rad qilingan. 9,5 foizi ko‘rmasdan qoldirilgan, 1,52 foiz fuqarolik ishi bo‘yicha ish yuritish tugatilgan.

Shu davrda taraflarni o‘zaro yarashtirish choralarini ko‘rish holati 54 foizni tashkil etgan. 

Toshkent shahar ma’muriy sudlariga 1 ming 743 ariza(shikoyat)lar kelib tushgan bo‘lib, shundan 134 ta ariza (shikoyat) qabul qilish rad etilgan, 112 ariza va shikoyatlar qaytarilgan. 1,5 mingga yaqini ko‘rib chiqilgan va tamomlangan. 758 tasi qanoatlantirilgan, 450 tasi rad qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

sud Toshkent oqlangan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing