Toshkent “snos” uchun kompensatsiya to‘lamaslik bo‘yicha “chempion” bo‘ldi

Jamiyat

image

Yer egasining roziligi olinmagan, ijarachi bilan kelishilmagan, tegishli xalq deputatlari kengashlarining qarori yoki Hukumat qarori chiqarilmagan, Adliya organlarining ijobiy xulosasi olinmagan, kelishuvlar notarial tasdiqlanmagan qarorlar eng ko‘p Andijon viloyatida qabul qilingan. Bu haqda Bosh prokuratura boshqarma prokurori Abdurahim Muhiddinov ma’lum qildi.

Noqonuniy qarorlar Andijonda 48 ta, Toshkentda 11, Namanganda 7, Jizzaxda 6, Qoraqalpog‘istonda 4, Buxoroda 3 va Qashqadaryoda 1 ta qabul qilingan. 

Buning oqibatida, Respublika bo‘yicha 1 338 ta holatda mulk egalaridan 221,5 mlrd so‘m qarzdorlik yuzaga kelib, ularning huquq va manfaatlari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan.

Mahalliy hokimliklarning hisobidagi jamg‘armada qoldiq mablag‘lar mavjud bo‘lsada, Toshkent shahrida 76,4 mlrd so‘m, Toshkent viloyatida 49 mlrd so‘m, Sirdaryoda 51 mlrd so‘m, Qashqadaryoda 17 mlrd so‘m, Surxondaryoda 9,7 mlrd so‘m, Jizzaxda 7 mlrd so‘m, Samarqandda 5 mlrd so‘m, Farg‘onada 2,4 mlrd so‘m va Andijonda 2 mlrd so‘m qarzdorlik qoplanmagan.

Avvalroq, 2020 yilda mamlakat bo‘ylab “snos”ga tushgan mulklarning 45 foizi uchungina kompensatsiya to‘langani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

snos

Baholaganlar

200

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing