Prezident Sardoba jabrdiydalariga 40 million so‘mlik sertifikat topshirmoqda
Jamiyat
−
15 may 2020
10036Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida bo‘lib turibdi. Davlat rahbari Sardoba jabrdiydalariga 40 million so‘mlik moddiy yordam sertifikatlari, pul mablag‘li bank kartochkalarini tarqatdi.
Suv toshqinidan zarar ko‘rgan 4,5 mingdan ziyod xonadon egalarining har biriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentidan 40 million so‘mlik moddiy yordam, shuningdek, televizor, muzlatgich, kir yuvish mashinasi, minipech, elektr choynak va dazmol kabi maishiy texnikalardan iborat sovg‘alar topshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, biroz avval Prezident Sardoba va Mirzaobod tumanlarida bo‘lib, bu yerda quriladigan yangi uy-joylarga tamal toshini qo‘ydi.
LiveBarchasi