Toshkent shahrida ayrim ko‘chalarda harakati qisman cheklanadi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida bugun, 15 mart kuni yo‘l yotiq chiziqlari chizilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalarning yo‘l qatnov qismida harakatlanish qisman cheklanadi. 

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “Yo‘l harakatini tashkil etish markazi” DM Toshkent shahri aholisidan bu noqulaylik uchun uzr so‘raydi va harakatlanish cheklanadigan ko‘chalar ro‘yxatini ma’lum qiladi:

Afrosiyob ko‘chasining Sh.Rashidov ko‘chasidan Beshyog‘och ko‘chasigacha bo‘lgan qismi soat 10:00 dan 13:00 gacha yopiladi;

Olmazor ko‘chasining Beshyog‘och ko‘chasidan I.Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi soat 10:00 dan 12:00 gacha yopilpdi;

Sh.Rashidov ko‘chasining Afrosiyob ko‘chasidan Alisher Navoiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi soat 10:00 dan 12:00 gacha qisman yopiladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahar hokimligi

Baholaganlar

18

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing