Toshkent shahriga yangi prokuror tayinlandi

Jamiyat

image

Oldinroq, Toshkent shahar prokurori Sherzod Soatqulovich Oblaqulov egallab turgan lavozimidan ozod qilingani haqida xabar bergan edik. Sherzod Oblaqulov 2017 yil iyun oyidan beri bu lavozimda faoliyat olib borayotgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi Valiyev Bahriddin Bahodirovich Toshkent shahar prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Ma’lumot uchun, Bahriddin Valiyev tayinlovga qadar Buxoro viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Tayinlov Toshkent shahar

Baholaganlar

139

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing