Toshkent shahridagi dala maydonida yong‘in chiqdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan dalaning 300 m kv maydoni yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, kecha, 9 iyun kuni soat 19:59 da Toshkent shahar Mirobod tumani "Qo‘shqo‘rg‘on" MFY Qo‘shqo‘rg‘on ko‘chasida 300 m kv maydonda yong‘in sodir bo‘lgan. Maydondagi olovni o‘chirish uchun 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 20:06 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 20:36 da o‘chirilgan.

“Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing