Toshkent shahrida yana 24 nafar bemor sog‘aydi. Ular orasida 2 nafar chaqaloq bor

Jamiyat

image

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan bir yo‘la 24 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular orasida 2 nafar chaqaloq ham bor. Bu haqda bugun, 28 aprel kuni Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Sog‘ayganlarning 20 nafari Toshkent shahridan, Surxondaryo, Farg‘ona, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan. Ulardan 5 nafari Turkiyadan Istanbul – Toshkent yo‘nalishida, 4 nafari Rossiyadan Moskva – Toshkent yo‘nalishida charter reyslar orqali kelishgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan.

Shuningdek, qolgan 15 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlardan 11 nafari erkak, 13 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 65 yoshda bo‘lsa, 11 oylik va 1 yoshli chaqaloqlar ham bor.

Hozirga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 958 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha koronavirus infeksiyasi yuqtirganlar 1939 nafarni tashkil qilmoqda. Bemorlarning bemorlarning 8 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

107

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing