Toshkent shahri va viloyatida 24 soat ishlaydigan shtablar tashkil etildi
Jamiyat
−
16 iyul 2020
9023Toshkent shahri va viloyatida epidemiologik vaziyat keskinlashgani tufayli O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan bu ikki hududda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash va aholini davolash ishlariga aloqador barcha vazirlik va idoralar, yirik tibbiyot muassasalari rahbarlaridan iborat 24 soat ishlaydigan shtablar tashkil qilindi.
Bu va boshqa chora-tadbirlar haqida Milliy gvardiya axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 14 kunlik karantin rejimida karantinga olingan 198 ob’ektlar qo‘riqloviga jami 1862 nafar, 14128 ta uy xonadonlarga esa 5880 nafar hodim jalb qilingan. Respublikada 79 238 nafar fuqaro karantinda saqlanmoqda. Ularning 21 738 nafari statsionar sharoitda, 57 500 nafari esa uy sharoitida karantin muddatini o‘tamoqda.
Shuningdek, kundalik ravishda 4807 nafar milliy gvardiya shaxsiy tarkibi koronavirusga qarshi kurash tadbirlariga jalb qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiton prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhokamasiga bag‘ishlanb o‘tkazilgan yig‘ilishda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash va aholini davolash ishlariga aloqador barcha vazirlik va idoralar, yirik tibbiyot muassasalari rahbarlaridan iborat 24 soat ishlaydigan shtablar tashkil qilish ko‘rsatmasi berildi.
LiveBarchasi