Toshkent viloyati va poytaxtda 11 mlrd so‘mdan ortiq gaz o‘g‘irlandi
3-sahifa
−
08 avgust 2023
3412Toshkent viloyatining ikkita hamda poytaxtning Sergeli tumanlarida joylashgan avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobchalarida 11 mlrd so‘mdan ortiq tabiiy gaz o‘g‘irlangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 27 iyuldan 5 avgustgacha Toshkent viloyati hamda Toshkent shahrida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH)da tezkor tadbirlar o‘tkazilgan. Unga ko‘ra:
- Toshkent viloyatining Piskent tumanida joylashgan “K.I.K.” MCHJga qarashli 3 ta AGTKSHda 7 mlrd 822 mln 675 ming so‘m;
- Toshkent viloyati Chinoz tumani “Chinmasjid” MFYda joylashgan “K.P.” MCHJga qarashli AGTKSHda 1 mlrd 907 mln 168 ming so‘m;
- Toshkent shahar Sergeli tumani “Qorasuv” MFY Xonobod ko‘chasida joylashgan “N.Z.F.B.” MCHJga qarashli AGTKSHda 1 mlrd 324 mln 800 ming so‘m qiymatidagi tabiiy gaz talon-toroj qilingani aniqlangan.
“Mazkur holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlariga taqdim qilingan. Hozirgi vaqtda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha tezkor tadbirlar davom etmoqda”, deyiladi xabarda
LiveBarchasi