Ortiqxo‘jayev yana bir loyihani amalga oshiradi
Jamiyat
−
12 dekabr 2019 24464 1 daqiqa
Toshkent shahrida butunjahonga mashhur bo‘lgan Fransiyaning “Intervilles” kabi ekstremal shouning analogi ham tashkil etiladi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilgan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlar turizmini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasida keltirib o‘tilgan.
Hujjatning tashkiliy choralar qismiga ko‘ra, yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan musiqa va raqs festivallari reja-jadvali ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Toshkent shahrida Markaziy Osiyoning eng baland “Bandji-djamping” (arqonda sakrash) attraksioni barpo etiladi. Bu vazifani amalga oshirish Toshkent shahar hokimligi (Jahongir Ortiqxo‘jayev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abdulaziz Aqqulov) zimmmasiga yuklatiladi.
Shahnoza To‘ramurotova
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust