Toshkent shahar prokurori lavozimidan olindi
Jamiyat
−
15 iyul 2019 11239 1 daqiqa
Toshkent shahar prokurori Sherzod Soatqulovich Oblaqulov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Sherzod Oblaqulov 2017 yil iyun oyidan beri bu lavozimda faoliyat olib borayotgandi.
Sherzod Oblaqulov lavozimdan olingani haqida bir necha soat oldin xabarlar tarqaldi. Ammo bu haqda rasmiy ma’lumot olish uchun na Bosh prokuratura, na shahar prokuraturasi Matbuot xizmati bilan bog‘lanib bo‘ldi.
Kamiga kun oxirlaganda ham Oblaqulovning lavozimdan olingani haqida prokuratura organlari emas, Toshkent shahar hokimiyati Matbuot xizmati xabar beryapti. Har kim o‘z ishini mukammal va sidqi dildan bajarsa maqsadga muvofiq ish bo‘lardi, chamamda.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr