Toshkent shahar IIBB “tonirovka” masalasida ogohlantirdi

Jamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda haydovchilar yoppasiga avtomobillari oynasining tusini o‘zgartirishni boshlab yuborgani haqida xabarlar tarqaldi.

Shu munosabat bilan Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati ogohlantirish bilan chiqdi.

“Hurmatli haydovchilar! Internet tarmoqlarida ba’zi shaxslar avtomobil oynalarini qoraytirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishlarini bildirib, fuqarolarning ishonchidan foydalangan holda ushbu xizmatni ularga taklif qilayotganliklari to‘g‘risidagi bizga kelib tushayotgan xabarlarning soni ortib bormoqda. Biz sizdan tegishli qaror kuchga kirgani to‘g‘risida ma’lumot e’lon qilinguniga qadar shoshmaslikni so‘raymiz.

Oynalarning tusini o‘zgartirish uchun IIV YHXBB vakillaridan tegishli ruxsat va plyonka olinishi zarur. Amaldagi qonunichilikni buzgan shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 126-moddasiga muvofiq javobgarlikka tortiladilar”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, “tonirovka” masalasida Hukumatning yangi qarori qabul qilinishi kutilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

tonirovka

Baholaganlar

167

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made