Toshkent shahar IIBB talabalarga ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
09 Sentabr
15222O‘zbekistonda bugun, 9 sentyabrdan Oliy ta’lim muassasalarida darslar boshlanadi. Shu sababli Toshkent shahar IIBB poytaxtga kelib ta’lim oluvchi talabalar uchun ijara uylariga joylashishda nimalarga ahamiyat qaratish haqida tavsiyalar berdi.
Boshqarmaning ogohlantirishicha, firibgarlar ijtimoiy tarmoqlarda yoki e’lonlar joylashtiriladigan ilova hamda veb-saytlarda arzon narxlarda ijaraga uy taklif qiladi.
“Agar unga qiziqish bildirsangiz, xaridor ko‘pligini sabab qilib, uni band qilish uchun oldindan pul talab qilishadi. Barcha firibgarlar bank plastik karta raqamlarini taqdim etganidan so‘ng, kelishilgan pulni tashlab berishingizni so‘raydi. Bu esa sizga qo‘yilgan asosiy tuzoq. Ya’ni siz pul o‘tkazmasini amalga oshirganingizdan keyin uy egasini ham, pulni ham ko‘rmaysiz”, deyilgan IIBB axborotida.
Shuningdek, talabalardan firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish so‘ralgan:
-
internetda ko‘rgan har qanday e’lonlarga ishonib qolmaslik;
-
uyni o‘z ko‘zi bilan ko‘rmasdan oldin to‘lov qilmaslik va iloji bo‘lsa ishonchli mutaxassislar bilan ishlashga harakat qilish;
-
ijara shartnomasi tuzishga alohida e’tibor berish.
LiveBarchasi