Toshkent shahar IIBB “Baxti Tashkentskiy” bo‘yicha murojaat bilan chiqdi

3-sahifa

−

image

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi fuqarolarga murojaat bilan chiqib, tezkor tadbirlar davomida qo‘lga olingan Baxtiyor Zafarovich Qudratullayev (“Baxti Tashkentskiy”), Dilshod Tulkinovich Sharipov va Anvar Babarajabovich Mirzaxanovning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lganlardan poytaxt IIBBga murojaat qilishlarini so‘radi.

“Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxslardan yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 3 dekabr kuni Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergov qilinayotgani, mazkur jinoyat ishi doirasida o‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlari davomida jinoiy faoliyat olib borgan bir nechta shaxslar gumonlanib ushlanganini ma’lum qilgandi. 

Jumladan:

•    1971 yilda tug‘ilgan Baxtiyor Zafarovich Qudratullayev (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik; 276-modda 2-qismi, ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash);

•    1980 yilda tug‘ilgan Dilshod Tulkinovich Sharipov (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);

•    1972 yilda tug‘ilgan Anvar Babarajabovich Mirzaxanov (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) qo‘lga olingan. 

“Ushbu shaxslar tahdid va kuch ishlatish yo‘li bilan pul mablag‘larini qonunga hilof ravishda qo‘lga kiritish bilan shug‘ullangan”, deyilgan IIBB xabarida. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing