Toshkent shahrida koronavirusdan sog‘ayganlar 400 nafardan oshdi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida 13 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 2 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 8 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, sog‘ayganlarning 2 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, 7 nafari Toshkent shahridan, 1 nafari Toshkent viloyatidan. Ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlar orasida eng yoshi kattasi 60 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 12 yoshda.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahrida shu paytga qadar 393 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 401 nafarga yetdi. Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1263 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda koronavirus yuqtirganlar 2094 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 9 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

93

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing