Toshkent propiskasini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi

Jamiyat

image

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatdan o‘tishni onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi. Ushbu xizmat Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga (pasport idorasiga) bormasdan propiska olish imkoniyatini beradi. 

Endilikda fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olish uchun Yagona portaldagi (my.gov.uz) “Fuqarolik” turkumiga o‘tish kerak.

Mazkur xizmat orqali ko‘chmas mulk ob’ektiga egalik huquqi bir shaxsga tegishli bo‘lgan ob’ektlarga doimiy ro‘yhatga turish mumkin. Xizmatdan quyidagi toifalardagi fuqarolar foydalanishlari mumkin:

1)    Qonun hujjatlariga muvofiq olingan uy-joyga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — xususiy mulk qilib olingan uy-joyga.

2)    Toshkent shahrida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar — ular Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda.

3)    Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar — ular Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda.

Xizmat avtomatlashtirilgan va 1 ish kunida taqdim etiladi.

Xizmatni taqdim etish narxi – BHMning 2 foizi, Yagona portal orqali xizmat ko‘rsatilganda esa dastlabki narxdan 10 foiz arzondir.


Maqola muallifi

Teglar

propiska

Baholaganlar

152

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing