Toshkent, Namangan va Samarqandda 102 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
25 iyul 2020
10604Bugun, 25 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 102 nafarga oshib, 19 755 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 48 nafari Toshkent shahrida, 32 nafari Samarqand viloyatida, 17 nafari Namangan viloyatida hamda 5 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 10 472 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 9 174 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi