Toshkent mundialiga boykot e’lon qilgan davlatlar soni nechta bo‘ldi?

Sport

image

Joriy yilning may oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan erkaklar o‘rtasidagi boks bo‘yicha Jahon chempionatiga boykot e’lon qilgan davlatlar soni 12 taga yetdi. 

Dastlab mundialga Rossiya bilan Belarus sportchilarining o‘z bayroqlari ostida turnirda ishtirok etishiga ruxsat berilgani uchun AQSH, Polsha, Shveysariya, Niderlandiya, Irlandiya, Chexiya, Shvetsiya, Kanada, Ukraina, Germaniya va Norvegiya boykot e’lon qilgan edi. Keyinroq ular safiga Buyuk Britaniya ham qo‘shildi. Avvaliga Britaniya boks federatsiyasi Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatini boykot qilgan bo‘lsa, biroz vaqt o‘tgach, erkaklar o‘rtasidagi turnir uchun ham xuddi shunday qaror qabul qildi.

Boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1 maydan 14 mayga qadar bo‘lib o‘tadi. 

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov QALAMPIR.UZ'ga intervyu berib, ko‘pgina davlatlarning musobaqaga boykot e’lon qilganiga munosabat bildirgandi. Jalolov ko‘pgina favorit ishtirokchilarning turnirda ishtirok etmasligi o‘zbek bokschilarining asosiy maqsad sari yurishiga ta’sir qilmasligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Toshkent mundiali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made