Toshkent metrosining yangi ikkita bekati ishga tushadi
Jamiyat
−
07 mart
6769Toshkent metrosining yangi ikkita bekati – “Turon” va “Qipchoq” yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent metrosining Yerusti halqa yo‘lining II bosqichi doirasidagi Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesiga qadar qurilayotgan ikkita yangi metro bekatlarida (“Turon” va “Qipchoq”) qurilish ishlari o‘z yakuniga yetkazilib, sinov tariqasida (yo‘lovchilarsiz) poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yilgan.
Sinov jarayonlari muvaffaqiyatli yakunlanib, ushbu bekatlar joriy yilning 11 mart sanasidan boshlab ertalabdan odatiy reja asosida yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.
“Bundan tashqari, yo‘lovchilarga qulay xizmat ko‘rsatish uchun metro vagon parklariga so‘nggi vaqtlarda 24 ta metro vagoni olib kelingan bo‘lsa, bugun yana 12 ta metro vagoni Toshkent shahriga kirib keldi. Shuningdek, may oyi so‘ngiga qadar yana 20 ta zamonaviy metro vagonlari olib kelish ham rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi