Toshkent metrosining yerusti halqa yo‘lida poyezdlar ertaroq harakatni boshlaydi

Jamiyat

image

Toshkent metropolitenining yerusti halqa yo‘li yo‘nalishida poyezdlar harakati 1 maydan boshlab bir soat ertaroq — soat 05:00 dan boshlanadi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yanada oshirish hamda qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, 2026 yil 1 may sanasidan boshlab mazkur yo‘nalishda poyezdlar harakati har kuni soat 05:00 dan 23:00 ga qadar yo‘lga qo‘yilgan.

Qayd etish joiz, Toshkent metropolitenining boshqa (Chilonzor, O‘zbekiston va Yunusobod) yo‘nalishlarida poyezdlar harakati har kuni ertalab soat 05:00 dan tungi 00:00 ga qadar amalga oshirilmoqda.

Toshkent metropolitenining yerusti halqa yo‘li yo‘nalishida metro poyezdlari harakati shu vaqtga qadar ertalab soat 06:00 dan 23:00 ga qadar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

metropoliten Toshkent metrosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing