Toshkent metrosining 2 bekatida ish tartibi o‘zgardi

Jamiyat

image

Toshkent metrosining “Texnopark” (Do‘stlik-2) va “Yashnobod” (2-bekat) bekatlari ish tartibi vaqtincha o‘zgardi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi. 

Unga ko‘ra, ertaga, 25 noyabrdan boshlab “Texnopark” va “Yashnobod” bekatlari ish rejimi soat 06:00 dan 22:00 ga qadar tashkil etiladi. 

Aniqlik kiritilishicha, Yerusti halqa yo‘lining II bosqichidagi Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesigacha bo‘lgan “Turon” (13-bekat) va “Qipchoq” (14-bekat) metro bekatlarini ishga tushirish maqsadida yo‘nalishdagi boshqa mavjud bekatlar bilan texnik jihatdan o‘zaro bog‘lash ishlari tufayli ushbu bekatlarning ish tartibi o‘zgartirilmoqda.

Shuningdek, “Tuzel” (3-bekatidan) “Quruvchilar” (12-bekat) bekatigacha bo‘lgan bekatlar oralig‘ida ish rejimi o‘zgarmagan holda 05:00 dan 23:00 ga qadar tashkil etiladi.

“Soat 05:00 dan 06:00 gacha va 22:00 dan 23:00 gacha “Tuzel”-“Quruvchilar” bekatlari oralig‘ida bir tomonlama (chelnok) poyezdlar harakati tashkil etiladi”, deyiladi xabarda.

Biroq, metropoliten matbuot xizmati tomonidan “Texnopark” va “Yashnobod” bekatlarida ish rejimi qachondan o‘z holiga qaytishiga aniqlik kiritilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Yashnobod metropoliten Toshkent metrosi Texnopark

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing