Toshkent metrosining 15 ta bekatida vestibyullar ish vaqti uzaytirildi

Jamiyat

image

Bugun, 1 iyundan boshlab Toshkent metrosining 15 ta bekatidagi ikkinchi vestibyullar ish vaqti uzaytirildi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.

1 iyundan Toshkent metropolitenining Hamid Olimjon, Pushkin, Mirzo Ulug‘bek, Oybek, Beruniy, Abdulla Qodiriy, “Novza”, “Toshkent”, “Kosmonavtlar”, “Chorsu”, “Tinchlik”, “Turkiston”, “Shahriston”, “Bodomzor” hamda “Minor” metro bekatlarining 2-vestibyuli (kirish va chiqish qismi) tonggi soat 05:00 dan kech soat 00:00 ga qadar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Ta’kidlanishicha, bu metro yo‘lovchilariga qulaylik yaratish, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu bekatlarning 2-vestibyuli (kirish va chiqish qismi) shu kunga qadar tonggi soat 07:00 dan 19:00 ga qadar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatgan.


Maqola muallifi

Teglar

metro

Baholaganlar

247

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing