Toshkent metrosidagi poyezdda texnik nosozlik yuz berdi
Jamiyat
−
04 Oktabr 2023
7912Bugun, 4 oktyabr kuni soat taxminan 07:55 lar atrofida Chilonzor yo‘nalishining "Chinor" bekatidan harakatlanishi lozim bo‘lgan 14-sonli harakat tarkibining tormoz tizimida texnik nosozlik holati kuzatilgan va buning natijasida u belgilangan vaqtda harakatlana olmadi. Bu haqda "Toshkent metropoliteni" DUK xabar berdi.
"Yo‘lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik va yo‘nalishda belgilangan harakat jadvali buzilmasligini oldini olish maqsadida, ushbu harakat tarkibi ortidagi yo‘lovchilarsiz bo‘lgan poyezd orqali tirkamaga olinib, tekshiruv yo‘lagiga olib borilgan", deyiladi bu haqdagi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda
Akobir Sayidov
LiveBarchasi