Toshkent metrosida vagonlardan biri tutab ketdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining “Yunusobod” yo‘nalishidagi “Turkiston” metro bekatida yong‘in sodir bo‘lgani haqida videolar tarqaldi.

“Toshkent metropoliteni” DUK mazkur hodisa yuzasidan rasmiy izoh berdi.

Unga ko‘ra, kecha, 14 yanvar kuni soat 18:25  hamda 18:42 vaqt oralig‘ida “Turkiston” bekatida ham, poyezd vagonida ham hech qanday yong‘in sodir bo‘lmagan.

Faqatgina elektr energiya bilan ta’minlash tizimidagi nosozlik tufayli himoya vositalaridan tutun chiqqan. FVV ushbu holatlarda belgilangan yo‘riqnomalar asosida harakatlangan.

FVV Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “Turkiston” bekatida elektr simlarining qisqa tutashuvi yuzaga kelgan. Natijada ayrim vagonlarga tutun kirgan.

Ushbu holat bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda tegishli tashkilotlar zarur chora-tadbirlarni olib bordi va xavf bartaraf etildi. Voqea natijasida jabrlangan fuqarolar yo‘q. Ayni vaqtda metro qatnovi reja asosida davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

metro

Baholaganlar

201

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing